Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish yo’lida

Nodavlat teleradiouzatuvchilarning Toshkentda o’tgan konferensiyasida 2009 yilga mo’ljallangan Rivojlanish dasturining joriy yil birinchi yarim yildagi ijrosi atroflicha muhokama etilib, kelgusidagi rejalari belgilab olindi.

O’zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Ma’naviyat targ’ibot markazi, Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti, Matbuot va axborot agentligi, qator jamoat tashkilotlari vakillari, hududiy teleradiostansiyalarning rahbarlari, muharrirlari ishtirok etdi.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduholiqov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sh.Ғulomov, Ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari M.Hojimatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi a’zosi R.Oxunov, Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o’rinbosari O’.Jo’rayev, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari S.Sayyid va boshqalar yurtimizda ommaviy axborot vositalarini zamon talablari asosida rivojlantirish, matbuot va so’z erkinligi tamoyillariga amal qilish, xalqimizning xolis va haqqoniy axborot olish huquqini ta’minlashning izchil mexanizmi yaratilganini ta’kidladi.

Bugungi kunda matbuotning inson huquq va erkinliklarini himoyalash, tom ma’nodagi erkin fikr minbariga aylantirishdagi rolini oshirish, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlash borasidagi ishlar ko’lami tobora kengaymoqda. Bunday mas’uliyatli jarayonda nodavlat teleradiostansiyalarning faoliyatini yanada rivojlantirish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash, jurnalistlarning kasb malakasi va mahoratini yuksaltirish, teleradiomateriallarning sifat va saviyasini oshirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ko’rsatuv va eshittirishlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilayotgan Nodavlat teleradiouzatuvchilarning rivojlanish dasturi yurtimizdagi jamoat teleradiostansiyalar faoliyatini yaxshilash, teleradiodasturlarning saviyasini yanada takomillashtirish, hududiy stansiyalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijodiy va texnik xodimlarning kasb malakasini yuksaltirishga yo’naltirilgan loyihalarni izchil amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Konferensiyada ta’kidlanganidek, milliy o’zlikni anglash, bebaho ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, yoshlar ongi va qalbini yot xurujlardan himoyalashda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir.

Nodavlat radiostansiyalar o’rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish, mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholini axborot bilan ta’minlash maqsadida Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda «Nodavlat radiostansiyalar tarmog’i» tashkil etildi. Yoshlar studiyalari faoliyati yanada takomillashtirildi.

Konferensiyada xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan axborot dasturlarining mavzu qamrovini yanada kengaytirish, materiallar tayyorlashda ularning rang-barangligi, masalaga chuqur tahliliy yondashuvni ta’minlash, kadrlarning kasbiy salohiyati va mahoratini oshirishga oid ma’ruzalar tinglandi.

O’zA, Nazokat Usmonova


January 2018
M T W T F S S
« Apr    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Архив статей