Tempus O’zbekistonda

tempus.jpgTempus – bu G’arbiy Balkanlar, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor davlatlarda oliy ta’limni qo’shma loyihalarni moliyalashtirish orqali zamonaviylashtirishga ko’maklashuvchi Yevropa Ittifoqi dasturidir. Tempus faoliyati oliy ta’lim muassasalarning ommaviy oliy ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan milliy tamoyillarda asos topgan talablarini qoniqtirishga yo’naltirilgan yondoshuvga asoslanadi.  Dastur boshqaruvi Yevropa Komissiyasi barcha mas’ul boshqarmalari tomonidan bajariladi. Tempus faoliyati Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarga ko’maklashish dasturi (G’arbiy Balkanlar); Yevropa bilan quni-qo’shnichilik va hamkorlik dasturi (Sharqiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq davlatlari); hamda rivojlanish va hamkorlik dasturi (Markaziy Osiyo) kabi Yevropa Komissiyasi tashqi tashabbuslari orqali moliyalashtiriladi.

Tempus ikki turdagi amallarni moliyalashtiradi:

1. Qo’shma Loyihalar IV va hamkor mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikka asoslanadi. Qo’shma Loyihalar yangi o’quv dasturlari, o’qitish usullari va o’quv materiallarni ishlab chiqish, takomillashtirish va tarqatish; sifat nazorati madaniyatini yuksaltirish va oliy ta’lim muassasalarida boshqaruvni takomillashtirishlarni ko’zda tutadi.

2. Strukturaviy Choralar hamkor mamlakatlarda oliy ta’lim muassasalari va tizimlarini takomillashtirish va isloh qilishga qaratilgan bo’lib, ularning maqsadi ta’limning sifati va talabgorligini oshirish va Yevropa Ittifoqidagi so’nggi tashabbuslarga yaqinlashtirishlardan iborat.

Oliy ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, vazirliklar, nodavlat va boshqa Yevropa va hamkor davlatlarda oliy ta’lim sohasida hizmat ko’rsatayotgan tashkilotlar tarkibida tashkil topgan konsorsiumlar dastur doirasida hamkorlikni amalga oshiradilar.

Dasturning navbatdagi Tempus IV bosqichi 2008 yilning yanvar oyida yangi tanlov e’lon qilinishi bilan boshlandi. Mazkur tanlovning umumiy budjeti 51 million Yevro atrofida tashkil qilib alohida loyihalar moliyalashtirilishi maqsadida 0.5 – 1.5 million Yevrogacha ajratildi.

Loyihalar tanlovi 2008 yilning oktabr oyida yakunlandi va natijada 54 nafar Tempus dasturining hamkor davlatlarda tadbiq qilishga loyiq bo’lgan jami 76 loyiha – 63 Qo’shma Loyiha va 13 Strukturaviy Choralar– tanlab olindi.

Dasturda qatnashish va keyingi tanlovga oid batafsil ma’lumotlar Tempus dasturning web-sahifasida mavjud.

Метки , , ,


January 2018
M T W T F S S
« Apr    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Архив статей