“Bolalik hududi” ko‘rgazmasi

1094.jpgPoytaxtimizdagi “Dedeman Tashkent” mehmonxonasida Kids Land- “Bolalik hududi” 2-xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirning asosiy maqsadi bolalar va o‘smirlar uchun tovarlar va xizmatlarning o‘zimizda ishlab chiqarilishini rivojlantirishdir. Shuningdek, ko‘rgazma innovatsiyalarning ommalashuviga, bolalar va o‘smirlar tarbiyasi hamda ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar o‘rtasida muloqotning kengayishiga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmada bolalar uchun oziq-ovqat va ichimliklar, vitaminlar, bolalar, homilador va emizikli ayollar uchun kiyim, poyafzal va aksesuarlar, chaqaloq va kichik yoshdagi bolalarni parvarishlash uchun tovarlar va o‘yinchoqlar namoyish qilinmoqda.

O‘zA, Asqar Yoqubov


January 2018
M T W T F S S
« Apr    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  

Архив статей